Qizamiq — tana haroratining koʻtarilishi, yuqori nafas yoʻllari, koʻz shilliq pardasi, ogʻiz boʻshligʻining yalligʻlanishi va terida qizil, yirik dogʻli toshmalar toshishi orqali belgi beradi.
Kasallik qoʻzgʻatuvchisi virus hisoblanib, bemor yoʻtalganda, aksirganda, gaplashganda tupugining mayda tomchilari havoga tushadi, keyin nafas yoʻllari orqali sogʻlom bola organizmiga oʻtadi.

Kasallikning yashirin davri 6-18 kun.
Belgilari:
Bolaning darmoni qurib, injiq boʻlib qoladi;
Ishtahasi yoʻqolib, tez-tez ichi ketadi.
Katta yoshli bolalarda bosh ogʻrigʻi, qusish, burun qonashi, qorin ogʻrigʻi kuzatiladi.
Toshma toshish davrida bemor qayta isitmalamaydi, tomogʻi qizaradi. 4-6 kunga kelib oʻziga xos qizil, yirik dogʻ toshmalar toshib bir necha soatda butun yuzga yoyiladi.