⏺Prezident “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

⏺Qarorga ko‘ra, 2025-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun – juma kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 6-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

⏺Olti kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun 2025-yil 7-iyun (shanba) kuni qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Bunda Qurbon hayitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:

6 iyun (juma) – Qurbon hayiti bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;

7 iyun (shanba) – 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun odatiy, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

8 iyun (yakshanba) – dam olish kuni.