Sariosiyo tuman san epid bo’limi mutaxassislari va tuman prokuraturasi ishchi guruhi birgalikda tumandagi MTTlarda o’rganish olib borildi.
O’rganish mobaynida maktabgacha ta’lim tashkilotining tibbiyot xonasi, dori-darmonlar jamlanmasi, tarbiyalanuvchilar o‘rtasida ertalabki filtr jarayonlarining olib borilishi hamda guruhning sanitariya texnik holati ko’zdan kechirilib, sog’lom ovqatlanish ratsioniga amal qilinishi o’rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berib o’tildi.





