O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar – tez tarqaladigan, og‘ir kechadigan va o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan kasalliklardir. Ularning oldini olish profilaktik tadbirlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarilishiga bog‘liq.
O’ta xavfli yuqumli kasalliklar qanday tarqaladi?
Bu kasalliklar quyidagi yo‘llar bilan yuqishi mumkin:
Havo-tomchi yo‘li bilan – gripp, tuberkulyoz, meningit kabi kasalliklar yo‘talish, aks urish va gaplashish orqali yuqadi.
Oziq-ovqat va suv orqali – vabo, ich terlama, botulizm kabi kasalliklar ifloslangan suv yoki yuvilmagan mahsulotlardan yuqishi mumkin.
Hayvonlar orqali – quturish, kuydirgi va boshqa zoonoz kasalliklar hayvonlardan odamga yuqadi.
Qon va tananing biologik suyuqliklari orqali – Ebola, gepatit B va C, OIV-infeksiya (OITS) kabi kasalliklar kasallangan odamning qoni yoki boshqa suyuqliklari bilan aloqada bo‘lganda yuqadi.
Hasharotlar orqali – bezgak, chivinlar orqali yuqadigan dengue isitmasi, leyshmanioz va boshqa kasalliklar ushbu yo‘l bilan tarqaladi.
Yuqumli kasalliklarni oldini olish bo’yicha muhim qoidalar
✅ Vaksinatsiya qiling! Ko‘plab xavfli kasalliklardan himoyalanishning eng samarali yo‘li emlashdir.
✅ Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling! Qo‘llarni sovun bilan muntazam yuvish va antiseptiklardan foydalanish muhim.
✅ Sog‘lom ovqatlaning! Immunitetingiz mustahkam bo‘lishi uchun vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qiling.
✅ Shubhali simptomlarda darhol shifokorga murojaat qiling! Harorat ko‘tarilishi, kuchli ich ketish, terida toshmalar paydo bo‘lishi, tana og‘rig‘i kabi belgilar yuqumli kasallikning alomati bo‘lishi mumkin.
✅ Hayvonlar bilan ehtiyotkor muomala qiling! Uy hayvonlaringizni veterinar tekshiruvidan o‘tkazing va yovvoyi hayvonlardan uzoqroq turing.
✅ Toza suv va sifatli oziq-ovqat iste’mol qiling! Ifloslangan suv yoki sifatsiz mahsulotlar ko‘plab kasalliklarning manbai bo‘lishi mumkin.
O‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish har birimizning e’tiborimiz va mas’uliyatimizga bog‘liq. Oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, vaksina olish va ehtiyot choralarini ko‘rish orqali o‘zimiz va yaqinlarimizni himoya qilishimiz mumkin. Sog‘lig‘ingizni asrang va profilaktika qoidalariga amal qiling!