Yuqumli va parizitar kasalliklarning oldini olish shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Ayniqsa, yuqumli va parazitar kasalliklarning chetdan kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha Hukumatimiz tomonidan bir qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining “Ayritom” chegara hududida O‘zbekiston va Afg‘oniston davlatlari delegatsiyalari ishtirokida Xalqaro Konferensiya bo‘lib o‘tdi.