O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi o‘z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar:
oziq-ovqat mahsulotlari eksporti sohalarida hamkorlik qilish;
respublika eksportyorlari salohiyatini oshirish hamda mamlakatning eksport geografiyasini kengaytirish;
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan tajriba almashish va malaka oshirish;
oziq-ovqat mahsulotlarning eksporti bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga kelishib olindi.