Quturish (gidrofobiya) – issiqqonli hayvonlarda uchraydigan, neyrotrop virus qo‘zg‘atadigan, kasallangan hayvonning so‘lagi bilan muloqot natijasida (tishlashi, tirnashi, so‘laklashi va boshqa muloqotlar) yuqadigan, markaziy asab tizimining chuqur shikastlanishi bilan kechadigan va bugungi kunda o‘lim bilan yakun topadigan og‘ir zooantiroponoz, tabiiy o‘choqli o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir.

Bu kasallik hatto kemiruvchilar va ko‘rshapalaklardan ham tarqalishi mumkin. Kasallik hayvonlardan hayvonlarga va hayvonlardan odamlarga yuqadi. Odamdan odamga va odamlardan hayvonlarga yuqmaydi.