Qizamiq bu virus keltirib chiqaruvchi juda yuqumli kasallik. Ba’zi odamlar qizamiqni isitma chiqaradigan va bir necha kun ichida o‘tib ketadigan arzimas toshma deb o‘ylashadi, ammo qizamiq, ayniqsa, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning salomatligiga jiddiy zarar keltirishi mumkin.
Qizamiqning keng tarqalgan belgilari:
✅ yuqori isitma;
✅ yo‘tal;
✅ burun oqishi;
✅ ko‘z qizarishi, ko‘zlardan yosh oqishi (konyunktivit);
✅ toshma (alomatlar paydo bo‘lishi boshlanganidan 3-5 kun o‘tgach).
Qizamiq bilan og‘rigan har 1000 kishidan 1 nafarida miya shishi paydo bo‘ladi, bu esa miya shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Qizamiq bilan og‘rigan 1000 kishidan 1-3 nafari, hatto eng yaxshi parvarish ko‘rsatilganda ham vafot etadi. Farzandingizda mumkin bo‘lgan alomatlarning jiddiyligini oldindan aytishni hech qanday ilojisi bo‘lmaydi.
‼️ Qizamiqdan eng yaxshi himoya bu qizamiq-parotit-qizilchaga (KPK) qarshi emlanishdir.