Poytaxtimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ko‘magida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Sog‘lom ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi tamoyillari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

‼️Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad seminar ishtirokchilarini sog‘lom turmush tarzining asosiy tamoyillari bilan yaqindan tanishtirish, yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, aholi orasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha yilning eng yaxshi targ‘ibotchisi” tanlovini e’lon qilishdan iborat.

???? Jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi ommaviy axborot vositalarining ko‘magisiz odamlarning o‘z sog‘lig‘iga bo‘lgan munosabati va xulq-atvorini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ommaviy axborot vositalari radio, televideniye va internet orqali ham shaxsning, ham butun jamiyatning dunyoqarashi, qadriyatlari, me’yorlari, ideallari va xulq-atvorini shakllantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.

???? Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillariga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan sog‘lom ovqatlanishning asosiy tamoyillari haqida ma’lumotlar taqdim etilib, noto‘g‘ri ovqatlanish, yetarlicha bo‘lmagan jismoniy faollik bilan bog‘liq ortiqcha vazn va semirish muammolari tilga olindi.

????Seminar ishtirokchilari tamaki va alkogolni iste’mol qilish, ayniqsa yoshlar orasida elektron sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulotlarilari chekishning keng tarqalayotganligi hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha davlat tomonidan ko‘rilayotgan qonunchilik choralarini faol muhokama qilishdilar.