❓Xo‘sh, umumtaʼlim maktablari, o‘rta maxsus taʼlim muassasalari qanday o‘rganiladi?

‼️ Maʼlumot o‘rnida aytish kerakki umumtaʼlim maktablari, o‘rta maxsus taʼlim muassasalari 0341-16-sonli SanQvaNlar asosida o‘rganiladi.

O‘rganilishi kerak bo‘lgan talablar:

???? Muasasasaning umumiy maydoni, bino va qavatlari soni, atrofi o‘ralgan yoki o‘ralmaganligi va obodonlashtirilganligi, yo‘laklar asfaltlanganligi;

???? Muassasa loyiha asosida qurilganmi yoki moslashtirilganligi, loyihaviy quvvati, amaldagi o‘quvchilar soni;

???? Ichimlik suvi tizimining holati, markazlashgan yoki mahalliy yoki tashib keltiriladi, suv tarmog‘ini tegishli xonalarga kiritilganligi, issiq suvning mavjudligi;

???? Oqava suv tarmog‘i (kanalizatsiya) markazlashgan yoki mahalliy, oqava suv tarmoqlarini holati, mahalliy oqava suv o‘rasini holati, tozalanganligi, oqava suvni olib ketish tartibi;

???? Isitish tarmog‘i markazlashgan yoki mahalliy markazlashgan yoki pechka orqali, yoqilg‘ini turi, yoqilg‘ining zahirasi, isitish tarmoqlarining sozligi;

???? Sinf xonalarining tabiiy va sunʼiy yoritilganlik darajasi, sunʼiy yoritgichlarning sozligi;

???? O‘quv xonalarini soni va holati, shu jumladan taʼmirlanishi zarur bo‘lgan xonalar, sinf xonalarida o‘quvchilar soninnig sanitariya qoidalariga mosligi;

???? Sinf xonalarining maydoni, bolalar soniga nisbatan sanitariya meʼyorlariga mosligi, jixozlarni holati, o‘quvchilar bo‘yiga mosligi va ularning yetarliligi;

???? O‘quv doskasi va birinchi parta oralig‘idagi masofa, o‘quv doskasi va oxirgi parta oralig‘idagi masofaning sanitariya meʼyorlari asosida tashkil etilganligi;

???? Maktabda sport zalning sanitariya holati, shamollatish tizimini sozligi, kiyim almashtirish va yuvinish xonalarining sozligi hamda jihozlanganligi, sport inventarlari uchun alohida xona tashkl etilganligi, murabbiylar xonasining sanitariya holati;

???? Maktabning kompyuter xonasida kompyuterlar to‘g‘ri joylashtirilishi, maydon talablariga mos kelishi, yoritilganlik va shamollatilish holati;

???? Maktabda mehnat darsi uchun tashkil etilgan ustaxonaning sanitariya qoidalariga mosligi;

???? Dars jadvalining sanitariya qoidalariga mos tuzilishi;

???? Tibbiyot xonasining mavjudligi, qattiq va yumshoq mebellar, dori vositalari, tarozi, bo‘y o‘lchagichlar bilan taʼminlanganligi;

???? Sinf xonalari, yordamchi va boshqa xonalarni tozalash va zararsizlantirish uchun maxsus inventarlar bilan taʼminlanganligi va tamg‘alanganligi;

???? Maktab xodimlarining profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risida maʼlumotlar mavjudligi;

???? Maktab hududining sanitariya holati, noqonuniy ishlab chiqarish yoki savdo tashkil etilganligi;

???? Hojatxonaning holati, asosiy binodan masofasi, o‘rinlar bo‘yicha soni, sozligi, tozalash va zararsizlantirilish jihozlari tamg‘alanganligi, o‘quvchilarni qo‘l yuvish sharoit yaratilganligi, qo‘l yuvgichlarni o‘quvchilar soniga mos kelishi, ularning sozligi;

???? Profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya o‘tkazish uchun tuzilgan shartnoma, shartnomani amal qilish muddati, ushbu tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘yicha hujjatlar mavjudligi;

???? Sport maydonchalarining sanitariya xolati, ularni tozalanishi, ularga mashqlardan avval suv sepilishi;

???? Chiqindilarni vaqtinchalik saqlash uchun maxsus maydoncha tashkil etilganligi, konteynerlar mavjudligi va ularning holati, tashish uchun shartnoma tuzilganligi, vaqtida olib ketilishi taʼminlanganligi muhim hisoblanadi.