Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining turli ko‘rinishdagi ovqatdan zaharlanishlar va yuqumli kasalliklarni oldini olish borasida olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi ko‘rsatma xatiga asosan Sanepidqo‘mita Muzrabot tuman bo‘limi mutaxasislari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Muzrabot dehqon bozori xududida yakka tartibda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan guruhli zaharlanishlar va oziq ovqat mahsulotlari sifati xavfsizligi bo‘yicha suhbat va tushuntirish ishlari olib borildi.

Shunigdek Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan oziq-ovqat maxsulotlarining sifati va havfsizligini taʼminlash maqsadida tuman markazida joylashgan «DEHQON OZIQ-OVQAT BOZORI» MCHJ dagi oziq-ovqat savdo nuqtalarida 2024 yil 10 avgust kuni targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Tadbir davomida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish va sotishda sanitariya gigiyena qoida va meʼyorlariga rioya qilish, tez buziladigan mahsulotlarning saqlash talablariga amal qilish qoidalariga rioya qilgan xolda faoliyat yuritishlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek ovqatdan zaharlanish, botulizm, gijja, virusli gepatit va boshqa o‘tkir oshqozon ichak kasalliklari haqida profilaktik suxbatlar olib borilib eslatma va materiallar tarqatildi.


