Tuman hokimligi va SEO va JS bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan seminarda keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.

Tadbirda gepatit va qizamiq kasalliklarining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi. Kasallikning kelib chiqishi, tarqalishi va unga qarshi kurashish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi to‘g‘risida ishtirokchilarga eslatma materiallari tarqatildi.

Shuningdek, hamkor tashkilotlar mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarning savollariga javob berildi.