O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-son Farmoni, 2021 yil 26 iyuldagi “Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yana-da yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5198-son qarori hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 30.04.2024 yildagi 05-11/9132-son ko‘rsatma xati ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyatida 2024 yil 6-18 may kunlari 2-10 yoshdagi bolalariga Vermoks 500 mg va Albevorm 400 mg dori vositasini tarqatish orqali ommaviy degelminti zatsiyaning 1-turi o‘tkazish rejalashtirilgan. Xozirda barcha tumanlarning MTTlaridagi bolalar, umumtaʼlim maktablarining 1-4-sinf o‘quvchilari va uyushmagan bolalar o‘rtasida ushbu tadbir uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.