Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov xorijlik mehmonlar hamda vohamiz faollari bilan «Boysun bahori» xalqaro folklor festivali tadbirlari o‘tkazilayotgan Turizm kompleksiga tashrif buyurdi.

Viloyatimiz hokimi mehmonlar hamrohligida Termiz shahri va tumanlar hamda oliy taʼlim muassasalari qo‘rg‘onlari, milliy taomlar va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari bilan tanishdi.

Shuningdek, Turizm kompleksi hududida yangi bunyod etilgan mehmonxonaning ochilish marosimi ham o‘tkazildi.

Ayni vaqtda “Boysun bahori“ xalqaro folklor festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
