Xalqimizda hashar deb nomlangan ajoyib anʼana bor. Bu odat yillar o‘tsaki, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Boisi hasharda xalqimizning birligi, ahilligi namoyon bo‘ladi.
Bahor kelishi bilan, to‘g‘rirog‘i, Navro‘z bayrami arafasida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida ham shunday bo‘lmoqda.

Joriy yil 16−18 mart kunlari yurtimizning barcha joylarida bo‘lgani kabi Surxondaryo viloyat Sanitariya-epidemologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hududida ham umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi. Boshqarma hovlisiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekildi.


