Surxondaryo viloyati  Sariosiyo tuman SEO va JSB bolimi 2024-yil 9-yanvar kuni korrupsiyaga qarshi kurash, jamoa va mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi kurash bandlarini kiritish, Oʻzbekiston Respuplikasi SSV ning 88-sonli buyrugʻi asosida tibbiyot hodimlarining kasbiy odob-ahloq va xulq-atvor qoidalari va kiyinish madaniyatiga qaʼtiy rioya etish  toʻgʻrisida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda SEO va JS bo’limi boshlig’i G’.Abdullayev poraxo‘rlik illatlari yurtimiz rivojiga to‘siq bo‘luvchi eng katta xatar ekanini aytib o’tib, uni oldini olishning samarali usullaridan biri raqamli iqtisodiyotni joriy etish orqali inson omilini kamaytirib, adolatli, shaffof tizimni yaratish ekanini ta’kidladilar.