Bugun Termiz shahri va Termiz tumanida olib borilayotgan obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish, yoʼlboʼyi hududlari infratuzilmasini rivojlantirish tadbirlarining borishi koʼzdan kechirildi.

Xususan, Termiz shahridagi markaziy koʼchalar hamda Termiz tumanidagi Аl Hakim at-Termiziy majmuasida amalga oshirilayotgan ishlarni koʼzdan kechirgan viloyat rahbari mutasaddilarga qator vazifalarni belgilab berdi.

Kuzning xazonrezgi oylarida hududlarda obodonlashtirish ishlarini olib borishimiz har qachongidan-da  muhim. Markazdagi mahallalarmizdan tortib, eng olis qishloqlarimizgacha boʼlgan hududlarni obodonlashtirish esa oʼz qoʼlimizda. Ushbu tadbirlarda fuqarolarimizdan oʼzlari yashayotgan hududning tozaligi va obodligini taʼminlashda munosib hissa qoʼshishlarini soʼrab qolardim, – deya taʼkidladi viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov.

Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish davom etmoqda.