Seminarda Qozog‘iston va O‘zbekiston Suv va salomatlik to‘g‘risidagi protokolga qo‘shilish tashabbusi bilan chiqdi.
Seminar ishtirokchilari Serbiyaning katta tajribasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Serbiya Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi vakilining ta’kidlashicha Suv va sog‘liq bo‘yicha protokol suv va sog‘liq uchun mas’ul bo‘lgan turli tashkilot va idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni kengayishiga va strategiya va qonunchilikdagi kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi.
YeIK tomonidan JSST/Yevropa mintaqaviy byurosi ko‘magida tashkil etilgan, BMT YeIK muntazam texnik hamkorlik dasturi doirasida moliyalashtiriladigan va Serbiya sog‘liqni saqlash instituti tomonidan o‘tkazilgan seminar Qozog‘iston va O‘zbekistonning a’zo bo‘lish jarayonlarini yakunlash uchun ijobiy turtki berishi kutilmoqda.
Seminarda, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Serbiya o‘rtasida ham strategik, ham texnik darajada mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish qo‘llab-quvvatlandi.