Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi
boshqarmasining majlislar zalida boshqarma xodimlari ishtirokida 2023 yil 4 yanvar kuni
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligida kengaytirilgan tarzda o’tqazilgan
yig’ilishda berilgan topshiriqlarning ijrosiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishga raislik qiluvchi A.N.Mustanov Sog’liqni saqlash vaziri tomonidan berilgan
topshiriqlarni birma-bir aytib o’tdi. Xususan, tibbiy xizmatni rivojlantirish ayniqsa
ixtisoslashtirilgan xizmatlarni tubdan yaxshilash, viloyatdagi davolash profilaktika
muassasalari, OSHPlar tibbiy punktlar qurilishi bo’yicha qilinadigan ishlar yo’l xaritasi ishlab chiqish, kuzgi-qishki mavsum bo’yicha kunlik davolash profilaktika muassasalarining issiqlik rejimiga rioya qilayotgani haqida muntazam ma’lumot olish, elektr energiyasidan samarali foydalanish maqsadida quyosh bateriyalari bilan har bir SEO va JSXBlarni ta’minlash choralarini ko’rish, Xalqaro akkreditatsiyadan o’tish buyicha laboratoriyalarni tayyorlash – yangi apparaturalar bilan jihozlash, reaktiv va diagnostikumlar bilan ta’minlash, shuningdek, pullik xizmatdan tushadigan qo’shimcha mablag’larni ko’paytirish va pullik xizmat hisobidan xodimlarni chet elda o’qitish choralarini ko’rish kabi vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar, tegishli topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, OITSning oldini olish va murojaatlar bilan ishlash masalalariga jiddiy
e’tibor qaratishga doir qator ko’rsatmalar berildi.
Surxondaryo viloyati SEO va JS boshqarmasi
OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi