Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Termiz tumanida joylashgan hududga minglab ko’chatlar, manzarali daraxtlar ekildi.
Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz shahar hokimligi, qator tashkilot va muassasalar mutasaddilari va ishchi-xodimlari, jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida kechgan tadbir ko’tarinki kayfyatda, azm-u shijoat bilan tashkillashtirildi.
Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi rahbariyati, ishchi-xodimlari ham ushbu ommaviy tadbirda qatnashib, 200 dan ortiq manzarali ko’chatlarni ekdi.
«Yashil makon» umummilliy loyihasi vohamiz bo’ylab davom etmoqda.
OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi